STOMAUZ · legal

Oferta · Tahrir: 29.10.2026

STOMAUZ platformasi uchun javobgarlikni rad etish va xizmat ko‘rsatish shartlari

Ushbu hujjat STOMAUZ platformasining barcha resurslaridan foydalanish shartlarini va tomonlarning javobgarlik chegaralarini belgilaydi. Platformadan foydalanish — ushbu shartlarni qabul qilganlikni bildiradi.

1. Umumiy qoidalar va huquqiy maqom

1.1. Axborot xarakteri

stomaweb.uz platformasi, uning quyi tizimlari (reception.stomaweb.uz, admin.stomaweb.uz), mobil ilovalari, Telegram bot (@stomauzbot) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari faqat umumiy ma’lumot berish, stomatologiya va tibbiy diagnostika jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek shifokorlar hamda bemorlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvini osonlashtirishga mo‘ljallangan raqamli vositadir.

1.2. Mualliflik huquqi va intellektual mulk

STOMAUZ platformasiga tegishli barcha dasturiy kod, interfeys dizayni, logotip va brend elementlari mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Ulardan ruxsatsiz nusxa ko‘chirish, o‘zgartirish yoki tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

1.3. Shartlarni qabul qilish

Platformaning istalgan resursidan foydalanish — ro‘yxatdan o‘tish, ilovani o‘rnatish, bot bilan ishlash yoki saytga kirish — ushbu shartlarni to‘liq o‘qib, ularga rozi bo‘lganlikni bildiradi. Shartlarga rozi bo‘lmagan shaxs platformadan foydalanmasligi kerak.

2. Shifokorlar (stomatolog va radiologlar) uchun

Ushbu bo‘lim admin.stomaweb.uz, reception.stomaweb.uz, «STOMAUZ Shifokor» ilovasi va @stomauzbot tizimlaridan foydalanuvchi barcha tibbiyot xodimlari uchun amal qiladi.

2.1. Kasbiy mas’uliyat va tashxis

STOMAUZ platformasidagi xotiraga yuklangan DICOM fayllar, 3D/KT skanerlar, rentgen kadrlar va boshqa materiallar shifokorga faqat yordamchi raqamli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yakuniy klinik tashxis qo‘yish va davolash rejasini belgilash to‘liqlicha shifokorning kasbiy va qonuniy mas’uliyatiga kiradi.

2.2. Davolash ishlariga aralashmaslik

STOMAUZ platformasi shifokorning bevosita davolash ishlariga, klinik qarorlariga hamda muolaja jarayonlariga umuman aralashmaydi.

2.3. Klinik va huquqiy nizolar

Shifokor va bemor o‘rtasida davolash sifati, tashxis to‘g‘riligi yoki muolaja natijalari bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday e’tiroz va nizolarga STOMAUZ javobgar emas va ushbu nizolarda taraf sifatida qatnashmaydi.

2.4. Moliyaviy va vaqt kelishuvlari

Shifokor va bemor o‘rtasidagi qabul vaqtlari, xizmat ko‘rsatish narxlari, to‘lovlar hamda pul o‘tkazmalariga STOMAUZ mutlaqo daxlsizdir. Barcha moliyaviy va tashkiliy majburiyatlar to‘liqlicha shifokor hamda bemorning o‘z zimmasida qoladi.

2.5. Qabul tartibi va ish vaqti

Shifokor platforma orqali o‘ziga yozilgan bemorlarni belgilangan vaqtda qabul qilishi, ish vaqti, smena va ish joyi ma’lumotlarini to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida to‘ldirib borishi, qabul qila olmasa bemorni oldindan ogohlantirishi shart. Noto‘g‘ri yoki eskirgan jadval tufayli bemorga yetkazilgan noqulaylik uchun shifokorning o‘zi javob beradi; muntazam buzilishlar hisobni cheklashga asos bo‘ladi.

2.6. Hisob xavfsizligi va tibbiy sir

Shifokor admin.stomaweb.uz, ilova va Telegram botdagi shaxsiy kirish ma’lumotlarini (login/parol) uchinchi shaxslarga berishi taqiqlanadi. Bemorlarning shaxsiy va diagnostik ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash shifokorning ham mas’uliyatidir.

3. Bemorlar uchun

Ushbu bo‘lim stomaweb.uz, «STOMAUZ» mobil ilovasi va @stomauzbot orqali xizmatlardan foydalanuvchi bemorlar uchun amal qiladi.

3.1. Tibbiy maslahat o‘rnini bosmasligi

STOMAUZ orqali taqdim etiladigan 3D/KT skaner natijalari va rentgen suratlari faqat ma’lumot olish hamda davolovchi shifokorga taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Platformadagi fayllar mustaqil tashxis qo‘yishga yoki o‘z-o‘zini davolashga asos bo‘la olmaydi.

3.2. Davolash va muolaja jarayoni

STOMAUZ diagnostika fayllarini yetkazib beruvchi texnik platforma bo‘lib, davolash jarayonlariga aralashmaydi va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasa yoki davolovchi shifokor o‘rnini bosmaydi.

3.3. Nizolar va e’tirozlar

Bemor va shifokor (yoki klinika) o‘rtasida muolaja natijasi, diagnostika xulosasi va davolash sifati yuzasidan yuzaga keladigan har qanday e’tiroz va nizolarga STOMAUZ mas’ul emas hamda ularni ko‘rib chiqmaydi.

3.4. To‘lovlar, narx va qabul vaqtlari

STOMAUZ platformasi bemorlardan o‘z xizmati uchun haq olmaydi. Shifokor bilan kelishilgan muolaja narxlari, xizmat haqi, pul o‘tkazmalari hamda qabul vaqtlari bo‘yicha STOMAUZ hech qanday daxlga ega emas; ilova orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar shifokor yoki klinika xizmatining narxidir. Ushbu kelishuvlar va ulardan kelib chiquvchi barcha majburiyatlar to‘liq bemor hamda shifokorning o‘z zimmasida qoladi.

3.5. Qabulga o‘z vaqtida kelish

Bemor yozilgan qabulga belgilangan vaqtda kelishi, kela olmasa bronni oldindan bekor qilishi yoki boshqa vaqtga ko‘chirishi lozim. Kelmay qolish yoki kechikish oqibatlari (navbatning yo‘qolishi, klinika qoidalari bo‘yicha oldindan to‘lovning ushlab qolinishi) bemorning o‘z zimmasida.

3.6. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi

Ilova, Telegram bot yoki veb-sayt orqali olingan shaxsiy ID/bot kodlarini hamda diagnostika fayllarini uchinchi shaxslarga berish mas’uliyati bemorning o‘z zimmasida bo‘ladi.

4. Tizim javobgarligining bo‘linishi (qisqacha)

Holat / yo‘nalishSTOMAUZ platformasiShifokor / bemor
DICOM va fayllarni saqlash hamda yetkazishTo‘liq mas’ulMas’ul emas
Tashxis qo‘yish va davolash rejasini tuzishAralashmaydiTo‘liq shifokor zimmasida
Muolaja natijasi va kelib chiquvchi nizolarJavobgar emasShifokor va bemor zimmasida
Narx-navo, to‘lov va pul o‘tkazmalariDaxlsizO‘zaro kelishuv asosida
Qabul vaqtlari va jadvalAralashmaydiO‘zaro kelishuv asosida
Qabulga o‘z vaqtida kelish va qabul qilishAralashmaydiShifokor va bemor zimmasida

5. Shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik

Shaxsiy va tibbiy ma’lumotlar qanday yig‘ilishi, kim ko‘rishi va qancha saqlanishi alohida hujjatda belgilangan: Maxfiylik siyosati. Hisobni o‘chirish tartibi: Hisobni o‘chirish.

6. Shartlarning o‘zgarishi va aloqa

Shartlar o‘zgarganda yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilova yoki bot orqali xabar beriladi. O‘zgarishdan keyin platformadan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirni qabul qilganlikni bildiradi.

Savollar va murojaatlar

stomauz@dicomxk.uz · Telegram @stomauzbot

STOMA UZ · Toshkent, O‘zbekiston

© STOMA UZ · stomaweb.uz